Buyuk Britaniyada eshiklarni yopib, tashqariga chiqmaslikni maslahat berishdi
Olam
−
12 avgust 2019 8982 1 daqiqa
Buyuk Britaniyada noma’lum kimyoviy moddalarning oqishi bir necha kishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Hodisa 11 avgust kuni mamlakat janubidagi Uorting shahri yaqinidagi plyajda yuz berdi, deya xabar bermoqda “Euronews”.
Politsiya hisobotida aytilishicha, favqulodda vaziyatlar xizmati bir nechta odamning ko‘zlarida og‘riq va qusish kabi alomatlar paydo bo‘lganini aniqlagan va hozirda tergov davom etmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, zaharlanish belgilari bo‘lgan odamlar shifoxonalarga yuborilgan. Yaqin atrofdagi uylarning aholisiga derazalarni yopib, tashqariga chiqmaslikni maslahat berdi.
Live
Barchasi