Ertaga O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi. Sel kelish havfi bor
Bu qiziq
−
05 mart 2022
9188Joriy yilning 5-6-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 5-9 martda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8 daraja, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon ko‘tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi