Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Jamiyat
−
03 noyabr 2020
102024 noyabrda O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda havo o‘zgarib turadi. Bu haqida “Uzgidromet” Matbuot xizmati xabar qiladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° iliq, kunduzi 18-20° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi