Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
08 iyun 2021
10477Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 9 iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25°, kunduzi 36-38° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 31-36° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
LiveBarchasi