Ertaga O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

Ertaga, 15 yanvar kuni O‘zbekistonga Rossiyada shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib qoladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chish havfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.  Yo‘llarda yaxlam yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, ba’zi joylarda 20 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tushishi mumkin. Qor ko‘chish havfi bor. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing