Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 3 fevral kuni yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq va -2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, ba’zi joylarda 12-14 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq va 4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing