Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab chang-to‘zon kuzatiladi

Bu qiziq

image

Ertaga, 13 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab chang-to‘zon kuzatiladi. Havo harorati 40-42 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalopog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston chang-to'zon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing