Ertaga Toshkentda ikkita ko‘cha qisman yopiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 22 may kuni Toshkentning Kichik halqa avtomobil yo‘li va Sharof Rashidov shoh ko‘chasi qisman yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ertaga Uzexpocenter va Intercontinental ko‘rgazmalar majmuasining hududida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu sababli, 22 may kuni soat 6:00 dan 13:00 gacha qadar bir necha yo‘nalishlardagi yo‘l qismlari yopiladi: 

•  Kichik xalqa avtomobil yo‘li — Bo‘zsuv ko‘prigidan (mo‘ljal: Minor masjidi va Malika)  Chingiz Aytmatov ko‘chasi bilan kesishmagacha;
•  Sharof Rashidov shoh ko‘chasi — Xalqaro biznes markazidan Osiyo ko‘chasi bilan kesishmagacha.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing