Ertaga Toshkentning ikki tumani aholisi vaqtincha “svet”siz qoladi

Jamiyat

image

Ertaga, 23 iyun kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi iste’molchilar qisman elektr ta’minotidan uziladi. Bu haqda “Toshkent shahar ETK” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bildirilishicha, 23 iyun kuni soat 7:00 dan soat 20:00 ga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan PS 110/35/6 kVli “Vodil” va “Parkent” podstansiyalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi L-Vodil-1, L-Vodil-2 110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida yangi tayanch ustunlarni o‘rnatish ishlari olib boriladi.

Ushbu ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Yashnobod tumanidagi – “Texnopark” MCHJ, “Shampan-vino” zavodi, “Kalisto” XF, ATS-169, “Parkent” bozori, “Al-Xorazmiy” maktabi, “O‘zdonmahsulot” MCHJ, Kotelnaya, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Ko‘r-soqovlar maktab-internati, Tuman jinoyat sudi, Qon quyish instituti, Diagnostika markazi, Botkina ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlari, Eron Islom Respublikasi elchixonasi, TashKECH, 510, 359, 529 hamda 149-sonli MTM, shuningdek, “Makro”, “Texnopark” va “Korzinka” savdo markazlari;

“Riyoziy” mavzesi, M. Ulug‘bek, Oltintepa, S. Mashhadiy ko‘chalari, 22-sonli Harbiylar shaharchasi, S. Rozina, Parkent - 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7-tor ko‘chalari, “Tashselmash” mavzesi, Chizelniy mavzesi, Tuzel-1 dahasi hamda ko‘chalari;

“Do‘stlik”, “Mashinasozlar”, “Do‘stobod”, “Boyqo‘rg‘on”, “Umid”, “Cho‘lpon”, “Istiqlol”, “Fidoyilar”, “Semurug‘” hamda “A. Temur” MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub’ektlari.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi – Shifokorlar malakasini oshirish instituti yotoqxonasi, Parkent mavzesi, Quduqboshi, Oltintepa, Asaka, Bo‘zbozor, Xirmontepa ko‘chalari hamda 493, 456, 410 hamda 597-sonli MTM va 148-sonli maktab, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari;

“Turon”, “Olmachi”, “Yangi olmachi”, “Asaka”, “Podshobog‘” MFY, “Oltintepa” hamda “Katta Oltintepa” MFYlarida elektr energiyasi soat 07:00 dan 20:00 qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

199

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing