Ertaga ob-havo qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

O‘zgidromet 12 mart, seshanba kungi ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 9-11 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi -3/2 daraja, kunduzi 5-10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 7-12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 8-13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 9-14 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made