Ertaga maktab o‘quvchilari uchun onlayn bitiruv kechasi bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun bitiruv oqshomi 13 iyun kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Bitiruv oqshomi onlayn tarzda 13 iyun kuni soat 18:00da bo‘lib o‘tadi.

“Unda Respublikaning barcha burchaklaridan ulanadigan bitiruvchilar bilan jonli muloqot syurprizlar, sovg‘alar kutilmoqda. 

Boshqa yillardan farqli o‘laroq, faqatgina sinfingiz yoki maktabingiz bitiruvchilari bilan emas, balki butun O‘zbekiston bitiruvchilari bilan nishonlanadigan noan’anaviy BITIRUV OQSHOMI o‘zgacha bo‘ladi”, deyiladi xabarda.  

Sobiq bitiruvchilar, o‘qituvlar, ota-onalar Siz ham ertaga bo‘ladigan katta tantanada  ishtirok etishlari mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, 2019-2020 o‘quv yili natijalariga ko‘ra, 9-sinfni jami 490 mingga yaqin va 11-sinfni 451,3 mingdan ziyod o‘quvchi bitirdi.


Maqola muallifi

Teglar

onlayn bitiruvch kechasi

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar