Ertaga qor va yomg‘irli havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
27 fevral 2024
13945O‘zgidromet ertaga, 28 fevral kuni O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° sovuq, kunduzi 4-6° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 7-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
LiveBarchasi