Ertaga qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi
Bu qiziq
−
19 Sentabr 2023
15202Ertaga, 20 sentyabr kuni Respublika bo‘ylab havo harorati kechasi 17 darajagacha iliq, kunduzi esa 31 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja iliq, kunduzi esa 23-25 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi esa 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi esa 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi esa 23-28 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi esa 26-31 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi esa 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida yomg‘ir kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish ehtimoli mavjud. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi esa 15-20 daraja issiq bo‘ladi.