Ertaga qanday ob-havo bo‘ladi?
Bu qiziq
−
18 iyun 10890 2 daqiqa
O‘zgidromet ertaga, 19 iyun kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-27 daraja, kunduzi 37-39 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr