Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Bu qiziq
−
22 avgust
16603O‘zgidromet ertaga, 23 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja,kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 25-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.