Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet ertaga, 4 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 31–33 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 34–39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 28–33 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 15–20 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zgidromet bugun, 3 iyul kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing