Ertaga ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tariladi
Bu qiziq
−
04 iyul 2022
6874Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 5 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 30 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Namangan viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 15-20° daraja bo‘ladi.