Ertaga 4 ta viloyatda havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi
Bu qiziq
−
09 mart 2023
16254Ertaga, 10 mart kuni O‘zbekistonning 4 ta viloyatida havo harorati 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Ertaga, 10 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 10 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdayo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 10-11 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 10-11 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 11 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10 martda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 10-11 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi