Ertaga 2 ta viloyatda qor yog‘ishi mumkin

Bu qiziq

−

image

Ertaga, 20 yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ammo Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. https://hydromet.uz/uz/node/2910

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxlama yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing