Ertaga havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
15 aprel
7646O‘zgidromet ertaga, 16 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10/+12 daraja, kunduzi +19/+21 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9/+14 daraja, kunduzi +23/+28 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7/+12 daraja, kunduzi +20/+25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8/+13 daraja, kunduzi +17/+22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7/+12 daraja, kunduzi +20/+25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8/+13 daraja, kunduzi +15/+20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3/+8 daraja, kunduzi +7/+12 daraja bo‘ladi.