Ertaga havo harorati 15 darajagacha isishi mumkin
Bu qiziq
−
04 mart 2024
9645Ertaga, 5 mart kuni O‘zbekistonda 15 darajagacha issiq harorat kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0/-2 daraja sovuq, kunduzi 10-12 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2/-7 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2/3 daraja, kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3/2 daraja, kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0/-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5/-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja issiq bo‘ladi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi