Ertadan O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib keladi

Bu qiziq

image

Joriy yilning 26-27 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

26-27 dekabr kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

26-27 dekabrda ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va tog‘li hududlarda 25-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqqacha pasayadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing