Ertadan qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga kelayotganlarga yangi cheklovlar joriy etiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ertaga, 15 yanvardan e’tiboran, O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqarolar (yo‘l harakati bundan mustasno) kirishidan kamida 48 soat oldin PZR usulida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi mavjudligiga salbiy test natijasini taqdim etishlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishda koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testi tekshiruvidan o‘tishlari shart. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

Shu bilan birga, Qirg‘iziston Respublikasi hududidan chegara avtomobil nazorat punktlari orqali kirib kelayotgan fuqarolar kirishidan kamida 48 soat oldin o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi mavjud emasligi haqidagi salbiy PZR test natijasini taqdim etishlari kerak. Boshqa chegaradosh davlatlar hududidan kirib kelayotgan fuqarolar koronavirus infeksiyasi mavjudligini aniqlash uchun ekspress antigen testini topshirishlari shart.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi fuqarolari So‘x, Shoximardon, Chung‘ara, Toshtepa, Bunyodkor hududlariga kirish va chiqish, shuningdek tranzit yo‘lda kelayotgan, O‘zbekiston Respublikasining Jo‘mi va Qardoshlik aholi punktlarida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha barcha turdagi testlardan o‘tish talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga, 15 yanvardan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan Davlat chegarasini kesib o‘tishi vaqtincha to‘xtatiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

427

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing