Ahadov medalga yaqinlashdi
Sport
−
05 fevral 2022
3208Parijda davom etayotgan dzyudo bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turniri qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
Musobaqaqning chorak final bahslarida -73 kg vaznda tatamiga chiqqan o‘zbekistonlik Shahram Ahadov mezbon sportchi Benjamin Axusni, bahs yakuniga 4 soniya qolganda ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
Bu bosqichda Shahram mazkur vazn peshqadami, gruziyalik Lasha Shavdatuavshvili bilan bahs olib boradi.
Avvalroq, boshqa bir o‘zbekistonlik dzyudochi Dilshodbek Baratov Ryuji Nagayama bilan kurashib, mag‘lumb bo‘lgandi.
LiveBarchasi