Erondan quvg‘in qilingan shaxmatchi qiz Ispaniya Bosh vaziri bilan uchrashdi

Olam

image

O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha FIDE jahon chempionatida hijobsiz ishtirok etgani uchun o‘z yurtiga qaytmasligi aytilgan eronlik shaxmatchi qiz kecha, 25 yanvar kuni Madridda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli mashhur eronlik sportchi Sara Xadem (Sarasadat Xademalshariyeh) yanvar oyi boshida Ispaniyaga kelgan. Kecha esa Bosh vazir bilan ko‘rishgan va uning Sanches bilan shaxmat o‘ynayotgani tasvirlangan suratlar e’lon qilingan. 

“Bugun meni ilhomlantirgan ayoldan qanchalik ko‘p narsani o‘rgandim. Men barcha sportchi ayollarni qo‘llab-quvvatlayman. Sizning namunangiz yanada yaxshiroq dunyo bunyod etishga hissa qo‘shadi”, deb yozgan Bosh vazir Sanches o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Sara Xadem grossmeyster unvoniga ega bo‘lib, Xalqaro shaxmat federatsiyasi saytidagi reytingida 771 o‘rinda, Eronda esa 9 o‘rinda turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq eronlik shaxmatchini Jahon chempionatida hijobini yechgani uchun noma’lum shaxslar surishtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing