Erondagi yadro ob’ektida avariya sodir bo‘ldi
Olam
−
12 aprel 2021 4481 1 daqiqa
Eronning Natanz shahridagi yadro uranini boyitish korxonasida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Atom energiyasi tashkilotining rasmiy vakili Behruz Kamalvandi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, voqea elektr energiyasini taqsimlash bilan bog‘liq nosozlik tufayli yuz bergan.
“Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, baxtimizga, bu hodisa ifloslanish keltirib chiqarmagan va odamlarga zarar yetkazmagan”, deydi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH vositchilar orqali Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralarga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.
Keyinchalik, Eron yadroviy bitimga qaytishi uchun AQSHga shart qo‘ygandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr