Erondagi Shoh-Cherax maqbarasida otishma sodir etildi (video)

Olam

image

Eron janubidagi Sheroz shahrida noma’lum shaxs Shoh-Cherax maqbarasiga bostirib kirib, o‘t ochdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

“Kecha, 13 avgust kuni noma’lum shaxs maqbaraga janubiy darvoza orqali kirgan va otishma boshlagan”, deyiladi xabarda.

Otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan. Hujum qilgan shaxs voqea joyida qo‘lga olingan.

Uning yonida qurol va sakkizta patron bo‘lgan. Hujumdan keyin maqbaraga kirish eshigi yopilgan, atrofi terrorchilarni qidirish uchun o‘rab olingan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oktyabr oyida ham Shoh Cherax maqbarasida otishma bo‘lgan edi. Taxminan 15 kishi halok bo‘lib, 40 kishi yaralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing