Erondagi portda kuchli portlash bo‘ldi (video)
Olam
−
26 aprel 7835 1 daqiqa
Bugun, 26 aprel kuni Eronning Bandar-Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai dengiz porti hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 195 kishi jabrlandi. Bu haqda “Mehr” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar qisqa vaqt ichida shifoxonaga yetkazilgan. Voqea mahalliy vaqt bilan 12:30 atrofida sodir bo‘lgan. Portlash Fors ko‘rfazidagi Keshm orolida eshitilgan.
“Tasnim” agentligi hodisaga port binolariga zarar yetkazgan yoqilg‘i rezervuarining portlashi oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi. Port ishi to‘xtatilgan.
Ayni vaqtda voqea joyida maxsus xizmatlar faoliyat olib bormoqda. Hozirga qadar qancha odam halok bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonda tanker portlashi oqibatida olti kishi halok bo‘lgani, 33 kishi jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi