Eronda samolyot bilan bog‘liq yana bir hodisa yuz berdi

Olam

image

Eronning “Caspian Airlines” aviakompaniyasiga qarashli samolyot Mahshahr shahridagi aeroportning o‘chish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q. Samolyot bortida jami 135 yo‘lovchi bo‘lgan. Odamlar bir-biriga yordam ko‘rsatgan holdalayner salonini tark etishgan.

Ushbu voqeaga samolyotni kech qo‘nishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Oqibatda havo layneri aeroportdan shahar ko‘chalariga chiqib ketgan.

26 yanvar kuni Gorgan-Tehron yo‘nalishida parvoz qilgan yana bir samolyot dvigatelda chiqqan yong‘in sabab shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. Samolyot qaysi aviakompaniyaga tegishli ekani va bortda qancha yo‘lovchi borligini oydinlik kiritilmagan, faqatgina hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani haqida ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing