Eronda Mahsa Amini uchun namoyishga chiqqan necha kishi o‘lgani ma’lum qilindi
Olam
−
08 dekabr 2022
7172Norvegiyada joylashgan Eron Inson Huquqlari Tashkiloti 22 yoshli Mahsa Amini o‘limi ortidan Eron Islom Respublikasini qamrab olgan ommaviy namoyishlarda 458 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Tashkilot Eronning 31 viloyatidan 26 tasida norozilik namoyishlari qurbonlari haqidagi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Inson Huquqlari Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p o‘lganlar Sistan-Balujiston viloyatida bo‘lib, aholisining asosiy qismi sunniy musulmonlardir.
Bu yerda, IHT ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida 128 kishi halok bo‘lgan.
Mamlakat bo‘ylab halok bo‘lganlarning 63 nafari 18 yoshgacha bo‘lganlar, 29 nafari ayollardir.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Eronda Mahsa Aminining vafotiga sabab bo‘lgan axloq politsiyasi tugatilgan edi.
Mahsa Amini vafoti va namoyishlar
Joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.
Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.
Amini poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.
Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.
Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi. Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.
LiveBarchasi