Eronda Mahsa Aminining o‘limiga sabab bo‘lgan axloq politsiyasi tugatildi 

Olam

image

Eron Bosh prokurori Muhammad Ja’far Muntaziriy diniy islom normalari va jamoat axloqiga rioya etilishi ustidan nazorat olib boruvchi “Gasht-e-Ershod” axloq politsiyasi tugatilganini e’lon qildi. Bu haqda “Oryan-jur” gazetasi prokurorning Tehronda jamoatchilik bilan uchrashuvida bergan bayonotiga tayanib xabar berdi.

"Axloq politsiyasining sud tizimiga aloqasi yo‘q, shuning uchun u tugatildi", deydi Muntaziriy.

Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati ayollar uchun hijobni majburiy kiyish to‘g‘risidagi qonunni ham qayta ko‘rib chiqishi mumkin. 

“Bu borada huquqshunoslar ishlamoqda, takliflar bir-ikki hafta ichida parlamentga kiritiladi”, deydi Bosh prokuror.

Ma’lumot uchun, 1979 yilgi Islom inqilobidan keyin Eronda axloq politsiyasining turli shakllari faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgacha “Gasht-e-Ershod” asosiy tuzilma bo‘lgan, uning vazifasi jamoat joylarida qat’iy islomiy xatti-harakatlar normalariga rioya etilishini nazorat qilishdir. 

Axloq politsiyasining diqqat markazida ayollarning hijob kiyishi - sochlar va tananing ko‘p qismini qoplaydigan shariatga to‘liq mos keladigan kiyim va undan foydalanish man etiladigan kosmetika vositalariga qaratilgan.

Mahsa Amini vafoti va namoyishlar

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Eronda axloq politsiyasi tomonidan noto‘g‘ri hijob kiygani uchun hibsga olingan 22 yoshli talaba Mahsa Amini vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari boshlandi.

Namoyish sifatida butun mamlakat bo‘ylab ayollar hijobni yoqib, sochlarini kesmoqda. Ushbu norozilik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham aks-sado bermoqda. Namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, xavfsizlik kuchlariga tosh otdi, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘ydi, hukumatga qarshi shiorlar aytishdi.

Amini poytaxtda Eron axloq politsiyasi tomonidan ayollarning sochlarini hijob yoki ro‘mol, qo‘l va oyoqlarini keng kiyim bilan o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzganlikda ayblanib hibsga olingan edi. 

Qo‘lga olinganidan uch kun o‘tgach, Amini vafot etdi. Rasmiylarga ko‘ra, o‘limga "yurak yetishmovchiligi" sabab bo‘lgan. Ammo marhumning qarindoshlari qizning yuragida hech qachon muammo bo‘lmaganini da’vo qilmoqda. Ular jabrlanuvchini kaltaklash oqibatida vafot etgan, deb taxmin qilmoqda. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari vazifasini bajaruvchi Nada Al-Nashif Amini politsiya tomonidan kaltaklangani haqidagi xabarlarga ishora qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari hibsga olingandan keyin vafot etgan eronlik Mahsa Amini o‘limi sababli Eronning axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Keyinroq Kanada ham bir necha o‘nlab Eron rasmiylari, biznes vakillari, shuningdek, Eron axloq politsiyasiga qarshi sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.

Tehronda Eron axloq politsiyasi tomonidan Islom Respublikasining qattiq kiyinish qoidalarini buzgani uchun hibsga olinganidan keyin komaga tushib, vafot etdi.

Eronda uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat bo‘ylab misli ko‘rilmagan norozilik to‘lqini kuzatildi, so‘nggi to‘rt hafta ichida kamida 233 namoyishchi halok bo‘ldi. Namoyishchilar politsiya va “Basij” militsiyasi a’zolariga hujum qilgan, Qur’onni tahqirlagan, masjidlar va hukumat binolariga o‘t qo‘ygan, hijobli ayollarga hujum qilgan, tez yordam mashinalari va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga hujum qilingan. Ishtirokchilar Eronning turli shaharlarida hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

146

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing