Eronda Britaniya razvedkasi bilan aloqada gumon qilingan 7 kishi hibsga olindi

Olam

image

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) Eronda “Britaniya maxsus xizmatlari qo‘mondonligi ostida tartibsizliklar vaqtida mamlakatda qo‘poruvchilik harakatlariga rahbarlik qilgan” guruh yetakchilari aniqlangani va hibsga olingani haqida e’lon qildi. Bu haqda IIQK bayonotiga tayanib, “Tasnim” agentligi xabar berdi. 

“Buyuk Britaniya agentlari boshchiligidagi va mamlakat ichkarisida va tashqarisida faol aksilinqilobiy elementlardan iborat guruh tuzgan, ayniqsa so‘nggi tartibsizliklar paytida Eronda qo‘poruvchilik faoliyatiga rahbarlik qilgan “Zagros” nomli uyushgan guruh muvaffaqiyatli operatsiya amalga oshirilgan holda topildi”, deyiladi xabarda. 

Bayonotda aytilishicha, guruhning xorijiy agentlar bilan barcha aloqalari aniqlangan va bloklangan. 

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyadan to‘qqizta tashkilot va 23 nafar shaxsga qarshi javob sanksiyalari qo‘llanilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing