Eronda vertolyot quladi

Olam

image

Eronning janubi-g‘arbiy qismida bortida saylov qutilari bo‘lgan vertolyot Prezident va munitsipal saylovlardan so‘ng qulab tushdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida bir kishi vafot etgan, 11 kishi jarohat olgan. 

“Hodisa Xuziston viloyatida sodir bo‘ldi”, degan viloyat hokimi Qosim Sulaymoniy Dashtakiy. 

Ma’lumot o‘rnida, Eronda kecha, 18 iyun kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eron sud tizimining rahbari Ibrohim Raisiy 62 foizdan ko‘proq ovoz bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Ibrohim Raisiy 2019 yildan beri Eron sud hokimiyatining rahbari bo‘lib, undan avval bosh prokuror vazifasini bajargan. AQSH sanksiyalariga uchragan 60 yoshli siyosatchi o‘zining saylovoldi dasturida qashshoqlik va korrupsiyaga qarshi kurashishga, to‘rt yil ichida 4 million yangi uy qurishga va “Eronda kuchli xalq hokimiyati”ni barpo qilishga va’da bergan. 2017 yilda ham Ibrohim Raisiy prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan, ammo Hasan Ruhoniyga yutqazgan edi. Ilgari rasmiy Tehron va oltita xalqaro vositachilar o‘rtasida Eron yadro dasturi bo‘yicha imzolangan bitimni qattiq tanqid qilgan Raisiy saylov boshlanishidan avvalroq agar AQSH bitimga qaytadigan bo‘lsa, bitim shartlarini bajarishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing