Eron YeI takliflarini qabul qilish shartini aytdi

Olam

image

Rasmiy Tehron, Eronning qator sohalardagi talablari inobatga olinsa, Yevropa Ittifoqi tomonidan yadroviy bitimni tiklash bo‘yicha taklif qilingan hujjatni maqbul ko‘rishi mumkin. Bu haqda IRNA axborot agentligi eronlik diplomatga tayanib, xabar bermoqda. 

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Tehronga kafolatlar, jumladan, “MAGATE faoliyati bilan bog‘liq siyosiy masalalar, sanksiyalar” bo‘yicha kafolatlar berilsa, Eron YeI takliflarini qabul qilishga tayyor. Eron hozirda ushbu takliflarni o‘rganmoqda.

Avvalroq YeI diplomatlari Eron bilan yadroviy kelishuvni tiklash bo‘yicha hujjatning yakuniy matnini ishlab chiqqani xabar qilingandi.

Eron yadroviy kelishuvi

2015 yilda Eron va oltita (BMT Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi va Germaniya) xalqaro vositachilar Birgalikda kompleks harakatlar rejasini imzolagan. Kelishuvga ko‘ra, Tehron xalqaro va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish evaziga o‘z yadroviy dasturini faqat tinch maqsadlarda rivojlantirishni cheklashi kerak.

AQSH Prezident Donald Tramp boshchiligida 2018 yilda Birgalikda kompleks harakatlar rejasidan bir tomonlama chiqib ketdi va Eronga qarshi sanksiyalarni, jumladan, neft sektoriga qarshi sanksiyalarni qayta joriy qildi, bu esa Tehronni kelishuvning ayrim shartlaridan voz kechishga majbur qildi. AQSHning amaldagi Prezidenti Jozef Bayden ma’lum shartlar ostida kelishuvga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi.

Eron, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi Venada Birgalikda kompleks harakatlar rejasini tiklash maqsadida bir necha muzokaralar o‘tkazdi. Qo‘shma Shtatlar ularda bevosita ishtirok etmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing