Eron yadroviy kelishuvga qaytish shartini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Agar AQSH sanksiyalar natijasida Eron xalqiga yetkazilgan zararni qoplasa, Eron yadroviy bitim imzolashga tayyor. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Said Xatibzoda ma’lum qildi.

“Agar AQSH bugun qaror qabul qilsa va Eron xalqining cho‘ntagidan olganlarini qaytarib bersa, yo‘qolganlar uchun tovon to‘lashga rozi bo‘lsa va huquqlarni hurmat qilsa, ertasi kuni biz Venaga qaytamiz va kelishuvni imzolaymiz”, deydi diplomat.

Qatarning bu masalada vositachilik qilish niyati haqidagi iddaolariga izoh berar ekan, Xatibzoda Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokara olib borishi uchun uchinchi davlatga muhtoj emasligini ta’kidladi.

“Muzokaralarda, bir tomondan, 4+1 davlatlari va Eron, ikkinchi tomondan, AQSH gapirmoqda. Eron 4+1 davlatlari bilan vositachilarga muhtoj emas. Qatar hamisha Eron huquqlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan”, degan u.

Yadroviy kelishuv 2015 yilda Eron va BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya), shuningdek, Germaniya o‘rtasida imzolangan. Hujjat Tehronga uranni 3,67 foizgacha boyitishni davom ettirishga ruxsat berib, ishlab chiqarishni 300 kilogrammgacha cheklaydi.

2018 yilda Qo‘shma Shtatlar yadroviy kelishuvdan bir tomonlama chiqib ketganidan so‘ng, Eron kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘xtatdi.

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel 11 mart kuni Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralar “tashqi omillar” tufayli to‘xtatilganini aytdi.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing