Eron yadroviy bitimga qaytishi uchun AQSHga shart qo‘ydi

Olam

image

Eron yaqinda Venada bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda AQSH bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita muzokaralar o‘tkazishni niyat qilmayapti, unda 2015 yilgi yadroviy kelishuv shartlariga qaytish masalasi muhokama qilinadi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abbos Arakchi aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda IRNA.

"Biz 4 + 1 guruhi mamlakatlari (Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya – tahr.) bilan muzokaralar olib boramiz va ularga AQSHning yadro kelishuviga qaytishi uchun qo‘yadigan talab va shartlarimiz to‘g‘risida ma’lum qilamiz. Bizning talabimiz bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar Birgalikda umumiy harakatlar rejasi bo‘yicha barcha majburiyatlarini bajarishi va sanksiyalarni bekor qilishi kerak. Shundan so‘ng biz ularning harakatlarini tekshiramiz va bitimga qaytamiz”, deydi Arakchi.

Shuningdek, u Tehronning rasmiy pozitsiyasini ham ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Eron Qo‘shma Shtatlar barcha sanksiyalarni bekor qilguniga qadar uchrashuvga qadam tashlamoqchi emas.

Muzokaralar joriy yilning 6 aprel kuni Venada bo‘lib o‘tadi. Rasmiy Vashington uchrashuvda ishtirok etishini tasdiqladi, unda tomonlar yadroviy bitim shartlarini bajarishga qaytishni vositachilar orqali muhokama qiladi. Xususan, kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun Eron qanday qadamlar qo‘yishi kerakligi, shuningdek AQSH sanksiyalarining bekor qilinishi maslahatlashiladi.

“Hali hali erta va biz zudlik bilan yutuq kutmaymiz, chunki oldinda qiyin muzokaralar kutmoqda. Ammo biz buni oldinga tashlangan qadam deb bilamiz”, deydi AQSH Davlat departamenti vakili Ned Prays.

Shuningdek, u Vashington hali Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga umid bog‘lamasligini, ammo bunday imkoniyatga ochiqligicha qolishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH vositchilar orqali Eron bilan yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralarga qaytishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing