Eron o‘zining birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi

Olam

image

Eron o‘zining birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Nur” sun’iy yo‘ldoshi bugun, 22 aprel kuni ertalab “Kased” (“Elchi”) ikki bosqichli uchirish vositasi yordamida 425 kilometrlik orbitaga olib chiqilgan.

Uchish Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) tomonidan amalga oshirilgan.

Tarixga nazar

Eron o‘z kosmik dasturini 2003 yilda ishlab chiqara boshladi. Shundan so‘ng, mamlakatning kosmik agentligi yaratildi. Uning asosiy maqsadi aloqa tizimi va Yerni masofadan zondlash uchun sun’iy yo‘ldosh turkumini yaratish edi.

Eronning birinchi ikki bosqichli (ba’zi manbalarda uch bosqichli) “Safir” uchish moslamasining sinovi 2008 yilning fevral oyida o‘tkazilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zgartirilgan “Shahab-3” – o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketasi bo‘lgan.

Ilmiy asbob-uskunalarga ega raketaning birinchi parvozi 2008 yil 26 noyabrda bo‘lib o‘tdi. “Safir” raketasining ikkinchi bosqichi 250 km balandlikka ko‘tarildi. Eronlik olimlarning fikriga ko‘ra, raketada ekologik ma’lumotlarni yig‘ish uchun uskuna bo‘lgan.

Bunday muvaffaqiyatlardan so‘ng, Aerokosmik tadqiqotlar instituti rahbari Muhammad Ibrohimiy kelgusi yillarda Eron kosmosga hayvonlarni olib chiqishini e’lon qildi. Institut rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu Islom Respublikasida boshqariladigan parvozlarga yo‘l ochadi. Ammo ushbu sinovlarning aniq sanasi aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing