Eron Ukraina samolyoti qulashining javobgarlarini yashirmoqda – AQSH

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Eron rasmiylari 2020 yil yanvarida Tehron yaqinida xatolik tufayli urib tushirilgan Ukraina samolyotining qulashida aybdor bo‘lganlarni himoya qilmoqda, deb hisoblaydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeoning bugun, 9 yanvar kuni e’lon qilgan bayonotida aytilgan.

“Eronning o‘zi olib borgan tergov shuni ko‘rsatdiki, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi kuchlari samolyotni ikkitalik raketa bilan urib tushirgan. Bir yil o‘tgan bo‘lsa ham, Gvardiya Korpusi vakillari haligacha sudga tortilmagan. Buning o‘rniga rasmiylar o‘zlarini himoya qilishni davom ettirmoqda. Eron Hukumati eronliklar hayotini hozir o‘z vakillarining noto‘g‘ri xatti-harakatlarini yashirgani kabi g‘ayrat bilan qadrlaydigan kunni kutmoqdamiz”, deyiladi matnda.

Tehron-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha “Ukraine International Airlines” aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti 2020 yil 8 yanvar kuni Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay urib tushirilgandi. Halok bo‘lgan 176 kishi orasida Kanada, Eron, Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Ukraina fuqarolari bo‘lgan. 11 yanvar kuni Eron harbiylari samolyotni dushman nishoni, deb adashtirib, harbiy ob’ekt yaqinida uchayotgan samolyotni xato tufayli urib tushirganini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Hukumati fojia yuzasidan tergovni yakunlaganini va qurbonlarning oilalariga tovon puli to‘lashini ma’lum qilgandi.

Keyinchalik, Ukraina Erondan xun talab qilayotgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing