Eron Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
03 aprel 2021 5224 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi to‘g‘risida xabar berdi.
Vazirlik Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekistonga Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Eron aloqalarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha ham fikr almashiladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr