Eron Suriyaga qo‘shin yubormoqchi
Olam
−
03 dekabr
8066Eron Suriyadagi nizolarga yordam berish uchun mamlakatga o‘z qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Eron Bosh shtabi rahbari Muhammad Bakriy bayonot berdi.
U rasmiylar, jumladan, Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov va Suriya armiyasi bosh shtab boshlig‘i Abdulkarim Mahmud bilan telefon orqali muloqot qilgan.
“Suriyadagi terakt Isroil va Livan o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish davriga to‘g‘ri keldi. Bu AQSH-Isroilning qarshilik o‘qini zaiflashtirish rejasidan dalolat beradi”, degan u.
Bakriyning so‘zlariga ko‘ra, Suriyaning qo‘shni davlatlari Suriya hokimiyatiga qarshi kuchlarning olg‘a siljishining oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rishi kerak.
“Damashq so‘rasa, Suriyaga askar yuborish masalasini ko‘rib chiqamiz” deya va’da bergan Muhammad Bakriy.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tomoni tashabbusi bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tgandi. Tomonlar Suriya qonuniy hukumati tomonidan konstitutsiyaviy tartibni tiklash va mamlakat hududiy yaxlitligini saqlashga qaratilgan harakatlarni mutlaq qo‘llab-quvvatlashini bildirgandi. Bundan tashqari, Prezidentlar Turkiya ishtirokidagi “Ostona formati” (Suriyadagi muammolar bo‘yicha muzokaralar jarayoni) doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishning muhimligini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr