Jalolov Xarperga qarshi jangdan qancha foyda ko‘rdi?
Sport
−
28 noyabr 2022
6617Eron futbol federatsiyasi FIFA axloq qo‘mitasiga AQSH terma jamoasining Tvitter sahifasida mamlakat bayrog‘i tasviri o‘zgartirilganligi sababli Amerika jamoasini 10 o‘yinga diskvalifikatsiya qilish talabi bilan shikoyat yuboradi. Bu haqda Eron terma jamoasining huquqiy maslahatchisi A.
Faganpur ma’lumotiga tayanib, «Tasnim» agentligi xabar berdi.
Avvalroq, AQSH terma jamoasining rasmiy Tvitter akkauntida Jahon chempionatining«B» guruhi jadvali e’lon qilingan edi. Jadvalda Eron bayrog‘i o‘rtasidagi ramzlar ko‘rsatilmagan. Eron rasmiy bayrog‘ida «Alloh» so‘zining xattotlik varianti hamda “Alloh buyukʼ” iborasi 22 marta uchraydi.
Keyinchalik "Team USA"ning Tvitter’i postni o‘chirib tashladi va Eron rasmiy bayrog‘i tasviri tushirilgan suratni e’lon qildi.
“Davlat bayrog‘iga hurmat ko‘rsatish boshqa barcha davlatlar amal qilishi kerak bo‘lgan xalqaro amaliyotdir. Eron bayrog‘iga qarshi qilingan harakatlar axloqiy emas va xalqaro qonunlarga zid. Mamlakat sha’nini kamsitgani uchun irqiy, etnik, milliy, siyosiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra, AQSH kamida 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi kerak yoki boshqa intizomiy chora ko‘rilishi kerak”, deydi Faganpur.
AQSH va Eron terma jamoalari guruh bosqichining so‘nggi, uchinchi turida to‘qnsh keladi. Ikki turdan keyin Eron terma jamoasi 3 ochko bilan ikkinchi, AQSH terma jamoasi uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Jalolov Xarperga qarshi jangdan qancha foyda ko‘rdi?
Joriy yilning 27 noyabr kunining tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov AQSHning Kaliforniya shtatida navbatdagi jangini o‘tkazib, g‘alabaga erishdi. Jalolovga mezbon sportchi Kyortis Xarper raqiblik qildi.
O‘zbek bokschisi raqibini 4-raunddayoq nokautga uchratdi. Boks oqshomi yakunlangach, janglarni tashkil qilgan promouterlik kompaniyasi bokschilarning kafolatlangan gonorarlari miqdorini ma’lum qildi.
E’tiborlisi, Xarperni mag‘lub etgan Jalolov raqibidan kam gonorar, 25 ming dollarga ega bo‘ldi. Xarper esa Jalolov bilan jangdan 30 ming dollar foyda ko‘rdi.
Ma’lumot uchun, Kyortisga qarshi jangda Bahodir Jalolov profboksdagi 12-g‘alabasini qayd etdi.
Mashhur bokschi Messiga tahdid qildi
Meksikalik bokschi Saul Alvares ijtimoiy tarmoqda futbolchi Lionel Messiga tahdid qildi. Bu haqda «Tofight.ru» sayti xabar berdi.
JCH doirasida Argentina Meksika ustidan g‘alaba qozonib, hisobni – 2:0 holatiga olib keldi. O‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqda Messi g‘alabani nishonlash chog‘ida yerda yotgan meksikalik futbolchining libosini oyog‘i bilan behos tepib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Meksikalik charm qo‘lqop ustasi Saul Alvares Tvitter’da holatga munosabat bildirdi.
“Messi bizning bayroq tushirilgan formamizda pol artganini ko‘rib qoldim. Men uni topolmasligimni Xudodan o‘tinib so‘rasin", deb yozdi bokschi.
Eslatib o‘tamiz, 2-turdan so‘ng Argentina «S» guruhida 2-pog‘onani band etgan. Meksika esa so‘nggi o‘rindan joy olgan.
Belgiya - Marokash o‘yinidan so‘ng Bryusselda ommaviy tartibsizlik boshlandi
Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati guruh bosqichida Marokashning Belgiya terma jamoasi ustidan qozongan g‘alabasi Bryusselda katta noroziliklarga sabab bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari suv purkagichlardan foydalanib, norozilik namoyishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Bryussel politsiyasi matbuot kotibi Ilse van de Keyre ma’lumotiga tayanib, Belgiya axborot agentligi xabar berdi.
27 noyabr kuni belgiyaliklar Marokash terma jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"O‘nlab odamlar yuzlarini berkitib, tartibsizliklar uyushtirdi, bu esa jamoat tartibiga putur yetkazdi. Namoyishchilar pirotexnika vositalaridan foydalandi, tosh va butilkalar uloqtirdi va chiqindi konteynerlarini yoqib yubordi”, deydi politsiya matbuot kotibi.
Midi va Lemonniyer bulvarlari atrofida ikki soat davom etgan tartibsizliklar Yaqin Sharqdan, jumladan Marokashdan kelgan ko‘p sonli aholi yashaydigan hududda davom etgan. Oqibatda bir nechta mashinaga zarar yetkazilgan va svetoforlar buzib tashlangan. Politsiya tartibsizliklar hududini to‘sib, suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent vaqti bilan 23:30)ga kelib, shaharda vaziyat barqarorlashgan.
Mahalliy gazetaning xabariga ko‘ra, ko‘pchilik do‘kon sotuvchilari o‘yinning har qanday natijasi tartibsizliklarga olib kelishi mumkinligidan xavotirlanib, Belgiya va Marokash o‘rtasidagi o‘yin kuni do‘konini erta yopishni afzal ko‘rgan. Shuning uchun mahalliy savdogarlar to‘qnashuvlardan aytarli zarar juda ko‘rmadi.
JCHning ortda qolgan ikki turidan so‘ng Belgiya 3 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni band etib turibdi. So‘nggi turda belgiyaliklar xorvatlar bilan to‘qnash keladi. O‘yin 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Quvonchbek G‘aybullayev
LiveBarchasi