Eron amaldorlaridan biri koronavirusga chalindi

Olam

image

Eron Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iraj Xarirchi koronavirusga chalindi. Bu haqida eronlik jurnalist Abbos Aslaniy Twitter’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.

Aslaniyning o‘zi bu haqida xabardor etgan. Internetda joylashtirilgan videomurojaatda u, jumladan, shunday deydi: “Men koronavirusga chalindim. Ammo o‘zimni yomon his qilmayapman. Va umid qilamanki, yaqin orada men sizni mamlakatdagi vaziyatlardan boxabar qilib boraman”.

Xarirchi, shuningdek, mamlakat yaqinda koronavirusni yengishiga ishonch bildirgan.  

Xabarda Aslaniy Xarirchi bundan oldin jurnalistlar uchun brifinglar o‘tkazganini ta’kidladi. Brifinglar, asosan, salomatlik muammolari, xususan, koronavirus bilan bog‘liq masalalarda bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 95 kishi koronavirusga chalingan, shulardan 15 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing