Eron “aqlli” o‘q-dorilar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi
Olam
−
31 yanvar 2023 12105 1 daqiqa
Eron Islom Respublikasi o‘z harbiy ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yib, armiyani uzoq masofali raketalar, yuqori aniqlikdagi raketalar va “aqlli” o‘q-dorilar bilan ta’minladi. Bu haqda bugun, 31 yanvar kuni Eron Qurolli kuchlarining quruqlikdagi bo‘linmasi qo‘mondoni brigada generali Kiyumars Haydariy ma’lum qildi.
Uning aytishicha, quruqlikdagi qo‘shinlar o‘z samaradorligini bir necha bor ko‘rsatgan. Chunki ilmiy tashkilotlar va universitetlarning ilmiy salohiyatini jalb qilish orqali mamlakatda uzoq masofaga ucha oladigan raketalar, aniq boshqariladigan raketalar va aqlli o‘q-dorilar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, qo‘shin harbiy texnikalar bilan ta’minlangan.
“Biz Eronda ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalangan holda o‘z ishlab chiqarishimizni yo‘lga qo‘yish orqali fundamental yutuqni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Xususan, vertolyotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganimiz sababli endilikda quruqlikdagi kuchlarning armiya aviatsiyasi kunduzi ham, kechasi ham turli vazifalarni bajarishga qodir”, dedi Haydariy.
Shuningdek, tanklar zamonaviy o‘q-dori va qurollar bilan jihozlangan. Tank qurollarining aniqligi va otish masofasi sezilarli darajada oshgan. Manbaga ko‘ra, hozirda og‘irligi 60 va 100 tonna bo‘lgan jangovar mashinalar ishlab chiqarish ustida ishlanmoqda.
Alibek Beyjanov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025