Eron Afg‘oniston bilan chegara nazorat ostida ekanini aytmoqda

Olam

image

Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara Eron quruqlikdagi kuchlari va chegara xizmatlari nazorati ostida. Bu haqda Eron Qurolli kuchlari quruqlikdagi kuchlari qo‘mondoni, brigada generali Kiyumars Haydariy Afg‘oniston bilan chegaradosh Siston va Balujiston viloyatiga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi

“Eronning Afg‘oniston bilan chegarasi quruqlikdagi va chegara qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinadi, hozir chegara hududi to‘liq xavfsiz. Chegarada bo‘lishimiz biz uchun xavf borligini anglatmasligini marotaba ta’kidlaganmiz”, deydi general Haydariy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga amal qiladi. 

“Biroq, agar boshqa tomon xalqaro miqyosda qabul qilingan qoidalarga rioya qilishni istamasa, u Erondan boshqacha munosabatga duch keladi”, deydi Haydariy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara posti yaqinida otishma sodir bo‘lgandi. Otishma oqibatda ikki eronlik chegarachi va bir “Tolibon” jangchisi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing