Ermanov hokimlikdan ketib, yangi lavozimni egalladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Farhod O‘rozboyevich Ermanov Xorazm viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ermanov shu kunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tasdiqlandi.

Bugungacha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi lavozimini egallab kelgan Qahramon Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Ma’lumot uchun, Farhod Ermanov 1958 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 1981 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 1996 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-mexanik, iqtisodchi.

U mehnat faoliyatini 1975 yilda Amudaryo tumani Mang‘it shahri profilaktika-dezinfeksiyalash bo‘limi ishchisi lavozimidan boshlagan. 

1995-1998 yillarda Amudaryo tumani hokimi, 1998-2002 yillarda Amudaryo tumani "Mang‘it" xo‘jaligi raisi, 2002-2003 yillarda Amudaryo tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, 2003-2004 yillarda Amudaryo tumani qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

2004-2010 yillarda Qoraqalpog‘iston qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, 2010-2018 yillarda Beruniy tumani hokimi, 2018 yil 21 apreldan Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 

U 2018 yilning 30 noyabridan boshlab Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing