Erkin kurash: Umidjon Jalolov Jahon chempioni

Sport

image

Bolgariyaning Sofiya shahrida erkin kurash bo‘yicha U-20 Jahon chempionati juda davom etmoqda. Unda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar qatorida 6 nafar o‘zbekistonlik kurashchi ham ishtirok etmoqda.

-57 kg vazn toifasida musobaqalarga kirishgan Azizbek Naimov ilk bahsda shveysariyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq Naimov 2-davrada AQSH vakiliga 7-2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

-65 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Umidjon Jalolov  esa dastlab qirg‘izistonlik kurashchini 10-2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Umidjon 2-davrada chililik raqibini 10-0 va 3-davra bahsida Yaponiya terma jamoasi vakilini ham 10-0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Jalolov final yo‘lida amerikalik polvonni 4-0 hisobida taslim qildi. Hal qiluvchi bellashuvda Umidjon Jalolovga ozarbayjonlik Ziraddin Bayramov raqiblik qildi va ushbu bahs o‘zbekistonlik kurashchining sof g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Umidjon Jalolov Jahon chempionati U-20 g‘olibiga aylandi.

Shuningdek, -70 kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Begijon Qo‘ldoshevga biroz omad yetishmadi. U ilk saralash bahsida eronlik kurashchiga 3-1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati U-20 21 avgustga qadar davom etadi va unda yana uch nafar o‘zbekistonlik kurashchi gilamga chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

Umidjon Jalolov

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar