Erkin Koray vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
08 avgust 2023 17422 1 daqiqa
Turkiyalik rok yulduzi Erkin Koray 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda “A Haber” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, u avvalroq Torontodagi Kanada shifoxonalaridan biriga yotqizilgan.
U so‘nggi yillarda surunkali obstruktiv o‘pka kasalligidan aziyat chekkan.
Erkin Koray Turkiyada asosiy rok san’atkorlaridan biri hisoblanadi. O‘z faoliyati bilan Anado‘lining madaniy merosini saqlab qolishga hissa qo‘shgani bilan alohida hurmatga ega. Sharq va G‘arb musiqasidagi o‘ziga xos kompozitsiyalari va tadqiqotlari bilan ko‘plab zamonaviy turk musiqachilariga ta’sir o‘tkazgan.
Live
Barchasi
Fransiyada ham Ebola qayd etildi
24 iyun