Erkak vaxshiylikka qo‘l urdi

Olam

image

Tojikistonning Devashtich shahrida istiqomat qiluvchi erkak o‘z xotinining shafqatsizlarcha o‘ldirgani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deya xabar beradi “ASIA Plus”. 

U ikki nafar voyaga yetmagan bolalari oldida xotinining boshini kesib tashlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘g‘d viloyat sudining hay’ati 35 yoshli fuqaro G‘ayrat Xidoyatovga qarshi jinoyat ishini yakunladi. Sud Xidoyatovni Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topdi va uni 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Fojia 2019 yil 19 martda yuz bergan. Mahkum o‘z kvartirasida bo‘lganida, 34 yoshli rafiqasi Manzura Ashurova bilan oilaviy janjal paytida, uni ko‘za bilan uch marta urgan.

Ayol yiqilganidan keyin, eri uni shafqatsiz ravishda farzandlari oldida boshini kesib tashlagan. 

G‘ayrat Xidoyatov jazo muddatini umumiy og‘irlashtirilgan tartibdagi koloniyada o‘taydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing