Erkak O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida portlash bo‘lishi haqida yolg‘on xabar berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Turkiya poytaxti Anqara shahrida joylashgan elchixonasida portlash bo‘lishi haqida xabar qoldirildi. Oradan ko‘p o‘tmay ushbu ma’lumot soxta bo‘lib chiqdi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 19 oktyabr kuni soat 17:32 da ichki ishlar idoralariga murojaat kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni noma’lum shaxs uyali aloqa raqamidan poytaxtimizning Shayxontohur tumani Bog‘ ko‘chasida joylashgan “Uztelecom” aloqa kompaniyasi operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, rus tilida “Ertadan keyin O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasida portlash bo‘ladi” degancha aloqani yakunlagan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida noma’lum shaxs qo‘ng‘iroq qilgan telefon raqami Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan J.N.ning nomiga rasmiylashtirilgani, lekin u ushbu raqamdan foydalanmasligi ma’lum bo‘lgan. Undan tog‘asi, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan A.D. foydalanishi aniqlangan. Aynan u ushbu qo‘ng‘iroqni amalga oshirgan bo‘lib chiqdi. 

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, A.D.ning nima maqsadda bunday qilganligiga oydinlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

193

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing