O‘zbekistonda yangi orden ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Faxriy murabbiy” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan “Faxriy murabbiy” ordeni ta’sis etildi va orden to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

“Faxriy murabbiy” ordeni bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan asrash, yosh avlod vakillarida faol fuqarolik pozitsiyasi va mafkuraviy immunitetni, tashabbuskorlik, fidoyilik va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga hissa qo‘shgan O‘zbekiston fuqarolari mukofotlanadi.

Ushbu orden bilan mukofotlangan shaxslar BHMning 40 baravari (8 mln 920 ming so‘m) miqdoridagi bir martalik pul mukofotini oladi va qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

orden

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing